MENYU
BO'LIMLAR
Mobil [0]
Qo'shiqlar Matni [4]
Habarlar [4]
Sport Habarlari [11]
Horij Habarlari [4]
Mamlakatimiz Habarlari [2]
Sherlar [4]
Shou-Biznes [25]
Kompyuter [1]
Yulduzlar Biografiyasi [0]
Mp3 Qo'shiqlar [2]
Avto Olam [2]
KULGI -FUNNY-PRIKOL [0]
Sayt Yangiliklari [2]
Groupa "OQIBAT" [3]
Taomlar [3]
Qiziqarli Malumotlar [5]
Islom Dini Xaqida [1]
Kinolar [3]
Shov-Shuv [0]
MINI-CHAT
SOAT
XOZIR SAYTDA



Hamma onlayn: 1
Mehmon: 1
Foydalanuvchi: 0
Главная » 2010 » SENTYABR » 24 » Hammasiga ota-onalar aybdormi? yoki qizlar?!!
23:00
Hammasiga ota-onalar aybdormi? yoki qizlar?!!

O‘zbek qizlari deganimizda ko‘z oldimizga kamalak jilosiday atlas ko‘ylakli, sochlari majnuntolni eslatuvchi mayda kokil qilib o‘rilgan, boshqa millat qizlaridan ajralib turuvchi betakror va go‘zal tabassumli qizlar gavdalanadi. Biroq bugungi kunga kelib, ular haqidagi fikrimiz yuqorida tasvirlab o‘tganimizday emasligi barchamizga ma’lum. Shu o‘rinda esa xaqli bir savol tug‘iladi. Nega o‘zbek qizlari haqidagi tasavvurlar o‘zgarib bormoqda?
Bu savolga javob izlash har birimizning shaxsiy dunyoqarashimizga bog‘liq. Afsuski men, bugungi o‘zbek qizlarining, tengdoshlarimning kiyinish madaniyati haqida ijobiy fikr bildira olmayman. Chunki bugun ko‘cha-ko‘yda o‘zbek qizlarini boshqa millat qizlaridan deyarli farqlab bo‘lmaydi. Nazarimda, ular Yevropa modasining «asiralariga» aylanib qolishmoqda. Belidan pastda turadigan tor shimlar, qorni ochiq koftalar, kalta yubkalar, bularning bari o‘zbek qizlarining o‘zligini yo‘qotishga zamin yaratib bermoqda. Axir, aytishadi-ku, agar biror bir millatni yo‘q qilmoqchi bo‘lsang, eng avvalo uning madaniyatini yo‘q qil, chunki madaniyatini yo‘qotgan millat o‘z-o‘zidan yo‘qolib boraveradi, deb.
Madaniyatimizning ajralmas bo‘lagi esa bu, yoshlarimizning kiyinish madaniyatidir. Shunday ekan, qanday qilib kiyinish madaniyatida yuzaga kelayotgan mazkur holni bugungi kunning dolzarb mavzusi hisoblamasligimiz kerak. Axir, kundan-kunga «zamonaviylashib» borayotgan o‘zbek qizlarining kiyinish madaniyati yo‘qolib bormoqda-ku. Milliy kiyimlarimiz kelinlar sarposini ko‘paytirishgagina xizmat qilib qolayapti. Afsuslar bo‘lsinki, Yevropa uslubida kiyinmaslikni ayrim qizlar zamondan orqada qolish deb hisoblashadi. Lekin bu fikr mutlaqo noto‘g‘ri. Insonning kiyinish uslubi uning madaniyati qanchalik boy ekanligini yaqqol namoyon etuvchi muhim omil hisoblanadi. Yevropa modasida urf bo‘lgan oldi-qochdi kiyimlarni kiyib, o‘zini bugungi kunning zamonaviy qizi deb hisoblovchilar mutlaqo adashadi va aksincha, ular o‘z ma’naviyatining qanchalik qashshoq ekanligini mana shu «zamonaviy» kiyimlari orqali namoyon etadilar.
Shu o‘rinda yana bir haqiqatni ham tan olish kerak. O‘zbek qizlarining kiyinish madaniyati negizida ota-onalarning ham muhim o‘rni bor. Chunki qizlarining uydan qanday kiyimda chiqib ketishlarini, avvalo, ularning ota-onalari ko‘rishadi. Ota-onalar orasida esa, afsuski, qizlarning kiyinish uslubiga umuman befarq bo‘lganlar ham talaygina topiladi.
Fikrimcha, eng avvalo, ota-onalar qizlarining kiyinishlarini doimiy nazorat qilib turishsa, o‘z navbatida qizlarimiz sipo va orasta kiyinsalar, ular haqida bunday salbiy fikrlar yuzaga kelmaydi. Bu borada, ayniqsa, o‘quvchi va talaba qizlar ibrat bo‘lishlari lozim, deb o‘ylayman. Istaymanki, gul chehrali qizlarimiz hech qachon hech qaysi millat qizidan kam bo‘lmagan holda, go‘zal va betakror, muhimi, haqiqiy o‘zbek qizlari bo‘lib qolishadi.



Категория: Mamlakatimiz Habarlari | Просмотров: 1732 | Добавил: ShoxruxCHiKღ | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
2010 - YIL
2010 - YILNING ENG YAXSHI AKTIYORI.
Barcha Javoblar: 29
SIZ XAQINGIZDA
SALOM Mexmon
VAXAX PARTALIGA XUSH KELIBSIZ.
GURUX: "Mexmon"
XATLAR:()
IPADRESS:
PROFILINGIZ: PROFILIM
                   RSS

              CHIQISH
KIRISH
SMS YUBORISH
 
 
 
 
 
TAQVIM
«  SENTYABR 2010  »
DshSshChrPyJmShnYk
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
wWw.VaXaX.uCoz.cOm 2oo9 | 2o1o | Sayd Barcha Huquqlarga Ega !!!