Osiyo davlatlaridagi iqtisodiy holat tufayli butun jahonda benzin va
neft mahsulotlari narhi oshib borishi davom etmoqda. Neft ishlab
chiqaruvchi davlatlardagi iqtisodiy va siyosiy vaziyat bevosita neft
narhi va ishlab chiqarish jarayoniga bog'liq bo'ladi. The Oil Drum
internet portali dunyo davlatlaridagi benzin narhlari ko'rsatkichini
o'rganib chiqib, o'z reytingini e'lon qildi. Bu reytingga eng qimmat
benzin markasi - "Super Yevro" (bizning AI-95 benzin markasiga mos
tushadi) narhi asos qilib olingan. Eng benzin qimmat bo'lgan mintaqa
Skandinaviya bo'lib, 1 gallon (3,785 litr) benzin bu yerda 7 dollardan
oshadi. "Super" benzini eng qimmat mamlakat Norvegiya bo'lib, 1
gallon avtoyoqilg'i narhi 7,76 dollarni tashkil etadi. Ikkinchi o'rinda
- Niderlandiya (7,52 $) bo'lsa, uchinchi va to'rtinchi o'rinlarni
Belgiya (7,32 $) va Buyuk Britaniya (7,15 $) egallagan.
Birinchi o'nlikni 5-o'rindagi Turkiyani hisobga olmaganda Yevropa
davlatlari (Germaniya, Daniya, Finlandiya, Portugaliya, Shvetsiya)
egallashgan deb hisoblasak bo'ladi. Kuchli yigirmatalikka yana Polsha
(5,63 $) va Slovakiya (5,59 $) ham kirgan. The Oil Drum
ma'lumotlariga ko'ra, AQSh benzin qimmatligi bo'yicha 33-o'rinni
egallagan: 1 gallon benzin 3,1 dollar. Yoqilg'i mahsulotlariga davlat
solig'ining bekor qilingani bois AQShda benzin narhi G'arbiy Yevropa
davlatlariga nisbatan ikki baravar pastdir. Neft ishlab
chiqaruvchi davlatlarda esa 1 gallon benzin nargi 2 dollarga bormaydi.
Nigeriyada 1 gallon AI-95 benzin 1,92 turadi. Quvayt, Saudiya
Arabistoni, Turkmaniston va Venesuelada 1 gallon benzin narhi 1
dollardan kamdir. The Oil Drumga ko'ra, AI-95 benzini
qimmatligi bo'yicha Rossiya 35-o'rinda turibdi. Bu yerda 1 gallon
benzin narhi 2,68 dollar deya baholangan. Rossiya statistika qo'mitasi
ma'lumotlariga ko'ra, 2006 yilda rossiyalik neftchilar 33,44 mln tonna
avtobenzin ishlab chiqarishgan. Ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga
ko'ra, 2005 yil yakunida Rossiyada 25 million avtomobil ro'yxatga
olingan. 2010 yilda esa avtomobillar soni 42 millionga yetishi
kutilmoqda. Uch yildan so'ng Rossiya ham neftni horijdan olib
kelishi mumkin. Tahlilchilarning fikricha, yaqin yillarda Rossiyada
benzin arzon bo'lmaydi. O'zbekistonda ham shu holat kuzatiladi.
Agar hozirgi kundagi narh bilan solishtirsak, eng arzon AI-95 benzini
o'zbek puliga Venesuelada 64 so'm, Turkmanistonda 98 so'm, Eronda 111
so'm, Saudiya Arabistonida 152 so'm, Quvaytda 264 so'mga to'g'ri kelsa,
1 litr oliy navli benzin Norvegiyada 2630 so'm, Niderlandiyada 2549
so'm, Belgiyada 2481 so'm, Buyuk Britaniyada 2423 so'm va Turkiyada
2369 so'mni tashkil etadi. O'zbekistonda esa AI-95 benzinini
avtomobilingizga quyish uchun 1400 so'm to'lashingiz kerak bo'ladi. Bu
ko'rsatgich bilan mamlakatimiz Kanada, AQSh, Qozog'iston, Rossiya va
Xitoyni ham ortda qoldiradi. AI-95 benzini eng qimmat mamlakatlar № Mamlakat 1 gallon AI-95 benzini narhi 1. Norvegiya 7.76 2. Niderlandiya 7.52 3. Belgiya 7.32 4. Buyuk Britaniya 7.15 5. Turkiya 6.99 6. Germaniya 6.98 7. Daniya 6.95 8. Finlandiya 6.93 9. Portugaliya 6.65 10. Shvetsiya 6.50 11. Fransiya 6.50 12. Polsha 5.63 13. Vengriya 5.63 14. Slovakiya 5.59 15. Isroil 5.52 16. Irlandiya 5.40 17. Avstriya 5.40 18. Sloveniya 5.36 19. Shveysariya 5.17 20. Ispaniya 5.14 21. Chexiya 5.10 22. Gretsiya 4.91 23. Italiya 4.80 24. Litva 4.72 25. Latviya 4.61 26. Estoniya 4.30 27. Lyuksemburg 4.27 28. Yangi Zelandiya 4.17 29. Yaponiya 4.16 30. O'zbekiston 4.13 31. Kanada 4.10 32. Avstraliya 4.05 33. Braziliya 3.85 34. AQSh 3.10 35. Qozog’iston 2.75 36. Rossiya 2.68 37. Tailand 2.61 38. Xitoy 2.44 39. Meksika 2.38 40. Nigeriya 1.92 41. Kuvayt 0.78 42. Saudiya Arabistoni 0.45 43. Eron 0.33 44. Turkmaniston 0.29 45. Venesuela 0.19 * 1 gallon = 3.785 litr
www.sherlar.uz
|