|
| | |
| Главная » 2010 » AVGUST » 4 » ESINGDAMI?
|
Esingdami, yomgirli kunlarda
Birga sayr etgan osha kochalar?
Boshing qoyib yelkamga sokin tunlarda
Shivirlaganlaring endi tushdek tuyular…
Esingdami, sochingni silab,
Sevaman degandim qulogingga?
Endi nahot bir umr visoling tilab,
Yashasam konikib firoqingga?!
Eslaysanmi, men senga atab
Yozgan ilk sherimni oqigan oning?
Tabbassum aralash, manoli qarab,
Keyin sevinch yoshing berkitganlaring?
Sevgilim! Eslaysanmi, bormi yodingda
Mening kozlarimda ozing korganing?
Nahot unutgansan, soginganingda
Hech kimga bildirmay yiglaganlaring?
Balki yodingdadir anhor boylari,
Suvga tikilgancha surardik hayol.
Endi yoq anhorning bizga soylari,
Balki yodingdadir rayhon boylari?
Men esa eslayman, mening yodimda,
Koz onggimda hali, oy hayolimda.
Mening bugunimning mazmuni kecha,
Hayotim mazmuni, manosi kecha.
Chunki kechada men sen bilan birga.
Unda yoq ayriliq, unda yoq hijron.
Barcha uqubatlar makoni - bugun.
Kechagi kun gozal bugundan, ishon!
…Esingdami, yomgirli kunlarda
Birga sayr etgan osha kochalar…?
Abror Qodirov
|
Категория: Sherlar |
Просмотров: 1102 |
Добавил: SaRiK
| Теги: wWw.VaXaX.uCoz.cOm
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
| | |
|
|
| TAQVIM
| |
« AVGUST 2010 » | Dsh | Ssh | Chr | Py | Jm | Shn | Yk | | | | | | | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 |
|
|
|