Afsonaviy "Modern Talking" guruhi yakkaxoni Tomas Anders 23 aprel sanasida muhtasham "Istiqlol" san`at saroyida o`zbekistonlik muxlislari uchun konsert dasturini taqdim etadi. Konsert dasturida Tomas Anders o`zining 80 yillarda shlyagerga aylangan qo`shiqlari bilan birga Evropa va Rossiyada mashhur bo`lgan yangi kompozitsiyalari bilan chiqish qiladi. Eslatib o`tamiz, Tomas Ander shu yili 1 mart sanasida 47 bahorni qarshi oldi. Tomas Anders Toshkent shahriga ilk bor 2006 yilda konsert dasturi bilan tashrif buyurgan edi va muxlislar tomonidan juda iliq kutib olingan edi. Mazkur konsert ham avvalgisi kabi prodyuser Kamalov tomonidan uyushtirilmoqda.