Universal texnika bugungi kunimizning asosiy mavzularidan bo'lib turibdi. Kun sayin yangidan yangi zamonaviy texnik vositalarga ko'zimiz tushmoqda. "Aqlli" muzlatgich yoki kir yuvish mashinlari, supermarket va do'konlar uchun gapiruvchi javonlar va hokazolar allaqachon chiqib ulgurgan bo'lsa, endi bo'lsa yangi chiqqan musiqiy krossovkalar e'tiborimizni tortdi. Musiqa shaydolari endi sevimli qo'shiqlarini nafaqat telefon yoki mp3-pleyerlar orqali balki krossovkalari yordamida ham tinglashlari mumkin... Musiqa bilan hayotga... Aynan shu shiorni Dada kompaniyasi ishlab chiqqan yangi musiqiy krossovkalarda ko'rishimiz mumkin. Code M nomi bilan chiqarilayotgan ushbu poyabzal "kulrang-metallik" rangda bo'lib, aynan yoshlarbop qilib chiqarilgan.
Pleyer batareykalari quvvati 6 soat vaqtga yetadi. Shuningdek bunday krossovkalar simsiz "naushnik"lar bilan birgalikda sotiladi. Krossovka hotira hajmi tahminan 100 ta qo'shiq yozib olishga yetadi. Krossovkalarda USB-port mavjud. Musiqani ham naushniklar orqali ham dinamik ravishda tinglash imkoni mavjud.
Antiqa krossovkalar narhi 200 AQSh Dollari atrofida. Kun bo'yi musiqadan ajralgisi kelmaydigan yoshlar uchun bu oyoq-kiyimlari endi sevimli narsalariga aylansa ne ajab...