MENYU
BO'LIMLAR
Mobil [0]
Qo'shiqlar Matni [4]
Habarlar [4]
Sport Habarlari [11]
Horij Habarlari [4]
Mamlakatimiz Habarlari [2]
Sherlar [4]
Shou-Biznes [25]
Kompyuter [1]
Yulduzlar Biografiyasi [0]
Mp3 Qo'shiqlar [2]
Avto Olam [2]
KULGI -FUNNY-PRIKOL [0]
Sayt Yangiliklari [2]
Groupa "OQIBAT" [3]
Taomlar [3]
Qiziqarli Malumotlar [5]
Islom Dini Xaqida [1]
Kinolar [3]
Shov-Shuv [0]
MINI-CHAT
SOAT
XOZIR SAYTDA



Hamma onlayn: 3
Mehmon: 3
Foydalanuvchi: 0
Главная » 2010 » NOYABR » 17 » O‘QISHGA KIRISHNI XOHLA(MA)YDIGANLAR UCHUN MAXSUS
12:31
O‘QISHGA KIRISHNI XOHLA(MA)YDIGANLAR UCHUN MAXSUS

O‘QISHGA KIRISHNI XOHLA(MA)YDIGANLAR UCHUN MAXSUS

Hamma kezib-aylanib yurgan bir muhitda o‘tirib dars tayyorlash o‘quvchidan fidokorlik talab etadi. Albatta, qandaydir maqsadga erishish uchun, eng avvalo, jidd-u jahd qilish lozim. Muhtaram abituriyent, bilasizmi, siz kabi ilmga chanqoq  o‘quvchilarning  maqsad yo‘lida jon kuydirib harakat qilishi kishining ko‘zini quvnatadi.

Ammo guruch kurmaksiz bo‘lmaydi:  orangizda oliy o‘quv yurtiga kirishni xohlamaydiganlar ham topilib qoladi. Ular uchun bizning maxsus tavsiyalarimiz bor. Siz ham bir ko‘z yugurtirib chiqsangiz, zarar qilmaydi. Axir aytishadi-ku, odobni beodobdan o‘rgan deb. Kirish imtihonida muvaffaqiyat qozonishni istamaganlar nimalar qilishi kerak? Mana, sizga eng zaruriy maslahatlar ro‘yxati:

  • dars stolingizni deraza yaqiniga joylashtiring: zerikkanda tashqarini tomosha qilasiz, dars qilish haqida kamroq o‘ylaysiz;
  • darsxonangiz devorlariga yangi plakatlarni osing. Toki ular sizni shou-biznes, futbol yoki boshqa olamlar bilan bog‘lab tursin. Eskilarini esa o‘rtoqlaringizga bering. Ular ham o‘qishga kira olmasin;
  • dars stolingizda dars qilmang. Jurnal o‘qing, krossvord-u skanvordlar yeching, uxlasangiz ham mayli, faqat dars qilmasangiz bo‘lgani. Juda dars tayyorlagingiz kelsa, eng qulay joy yotog‘ingiz ekanini unutmang. Shunda tezgina uxlab qolasiz.
  • xonangizda albatta televizor bo‘lsin. Yo‘q bo‘lsa, toptiring. Axir, nima qilib yuribsiz o‘z yaqinlaringizga bitta so‘zingiz o‘tmasa. Ha, aytganday, televizor kun bo‘yi yoqiq tursin. Ayniqsa, musiqa, klip namoyish etadigan kanallar.
  • internetda ishlashni ham esdan chiqarib qo‘ymang. Net-choyxonaga kiring, o‘yin o‘ynang.
  • mobil telefoningizda yor-birodarlaringiz bilan qo‘lingiz shishib ketguncha sms yozishing; qulog‘ingiz portlab ketguncha muloqot qiling. Yo‘qsa, eng so‘nggi, eng qaynoq mish-mishlardan bexabar qolasiz. 
  • uydagi telefon jiringlaganda faqat siz javob bering. Eshik qo‘ng‘irog‘i jiringladimi, hammadan oldin eshikni siz oching. Kelgan odamlarning suhbatidan bahramand bo‘ling. Aks holda, 24 soatdan iborat kunni o‘tkazish juda qiyin bo‘ladi. 
  • faqat tushunadigan, biladigan fanlaringizdan dars qiling. Boshqalarini baribir tushunmaysiz-ku, dars tayyorlab nima qilasiz?!
  • fanlarni, mavzularni tez-tez almashtirib turing. Matematikadan bitta misol yechdingizmi, o‘zingizni rag‘batlantirish uchun serial ko‘ring. Ingliz tilidan keyinroq dars qilarsiz…
  • ota-onangiz "Dars qil” - deb majburlashsa, kitob-daftarni ochib, nimalarnidir yozganday bo‘ling. Ana o‘shanda ota-onangiz dars qilayotganingizga laqqa ishonishadi.
  • dars tayyorlash siz uchun og‘irlik qila boshlaganda dars qilmaslik uchun bahonalar qidiring. Axir, bahonadan ko‘pi bor ekanmi dunyoda?!  

Mana shunaqa!  O‘ylaymizki, jiddiy hazilimizni tushundingiz va o‘zingizga tegishli xulosani chiqardingiz. 

Категория: Qiziqarli Malumotlar | Просмотров: 1974 | Добавил: SaRiK | Теги: VaXaX.ucoz.com | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
2010 - YIL
2010 - YILNING ENG YAXSHI AKTIYORI.
Barcha Javoblar: 29
SIZ XAQINGIZDA
SALOM Mexmon
VAXAX PARTALIGA XUSH KELIBSIZ.
GURUX: "Mexmon"
XATLAR:()
IPADRESS:
PROFILINGIZ: PROFILIM
                   RSS

              CHIQISH
KIRISH
SMS YUBORISH
 
 
 
 
 
TAQVIM
«  NOYABR 2010  »
DshSshChrPyJmShnYk
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930
wWw.VaXaX.uCoz.cOm 2oo9 | 2o1o | Sayd Barcha Huquqlarga Ega !!!