Kuni kecha "O'zbektelefilm" pavilonlaridan birida Sardor Rahimxonning "O'zim yor-yor aytay" taronasi uchun uzoq kutilgan video klip suratga olindi. Ushbu qo'shiq muhabbat haqidagi 2010 yilning eng go'zal taronasi hisoblanadi...
> Klipni esa har doimgidek, Sardor Rahimxonning doimiy hamkorlari rejissorlar Rustam Murodov va Mirmaqsud Oxunovlar suratga olishdi. Bu safar klipda bosh rollarda bugungi kunda erkak aktyorlar orasida eng mashhur bo'lib kelayotgan Alisher Uzoqov hamda ilk marotaba ekranlarda namoyon bo'ladigan Leyli Saitmanbetova ijro etdilar. Darvoqe, Leylini chinakam ma'noda ayol aktrisalar orasida haqiqiy kashfiyot bo'ldi desak, aslo mubolag'a bo'lmaydi. Yaqin kunlarda TV kanallari orqali tomosha qilishingiz mumkin