O'zbek kinoijodkorlaridan yana bir tuhfa katta ekranga chiqdi. Yosh rejissor Javlon Shodmonov tomonidan suratga olingan, "Zamin Film" hamda TVM telekanlidan taqdim etilayotgan "Shaddod qiz" filmi ilk tomoshabinlariga namoyish etildi.
Bir kunning o'zida ikki kinoteatrda prem'era qilingan mazkur kinokartinada sevgi-muhabbat aks ettirilgan bo'lsada, boshqa filmlardan ajralib turadigan jihati mavjud. Filmda yumor ham o'z o'rniga qo'yilgan, asosiysi bachkana film emas! Aktrisa Oydin Yusupovani ham yangi qirralari aynan mana shu kartinada aks etgan, desak mubolag'a bo'lmasa kerak. Adiz Rajabovning ijrosiga a'lo baho berish mumkin. O'zbekiston Respublikasi Xalq artisti Murod Rajabov esa har doimgidek o'z rolini maromida talqin etgan. Bir so'z bilan etganda film yuqori darajada ishlangan.