Главная » 2010»AVGUST»4 » XITOYDA QULAGAN KO'PRIK 51 KISHI UMRIGA ZOMIN BO'LDI
11:57
XITOYDA QULAGAN KO'PRIK 51 KISHI UMRIGA ZOMIN BO'LDI
Hitoy rasmiy ahborot vositalari mamlakat markazidagi yirik ko'priklardan biri qulagani oqibatida qurbonlar soni 51 kishiga etgani, 15 odamning hanuz bedarak ekanini ma'lum qildi.
quyidagi kuchli suv oqimini tomosha qilish uchun ko'prikka yig'ilgan tomoshatalablarning soni ko'payib ketgani bois Henan viloyatidan o'tuvchi Yiha daryosi ustiga qurilgan 200 metr balandlikdagi ko'prik qulab tushgan edi.
Xinhua ahborot agentligi halokat yuz bergan 24 iyuldan beri qutqaruvchilar halok bo'lganlar va jabrlanganlarni qidirayotganini aytmoqda.
So'nggi o'n yillar davomida tez-tez yuz berayotgan kuchli jala oqibatida oqim tezligi kuchayib turadigan bu daryoning mamlakat janubi, markazi va shimolidan oqib o'tuvchi sohillari o'pirilib, birgina shu yil boshidan buyon mingdan ortiq odam nobud bo'lgan, yuzlab odam bedarak ketgan.