Rashid Holiqov va "Shahzod" guruhi ancha yillardan beri o`z reytingini stabil ushlab turgan ijodkor hisoblanadi. O`tgan 20 yil davomida bu guruh juda ko`p muxlislar orttirdi. Yaqinda radio va TV orqali namoyish etilishni boshlagan ushbu guruhning "Voy" nomli qo`shig`i juda ham bachkana chiqibdi. Chunki qo`shiq so`zlariga chidab bo`lmaydi. Esimda qolgan misralarini aytaman. Adashib ketsam uzr.
Voy, voy
Tunda tanho oy
Dema, dema voy
Tomog`imga yoy
Voy, voy...
Dunyoning 1inchi raqamli Jo`qi shoiri ham bunaqa bachkana she'r yoza olmasa kerak! Buni she'r ham deb bo`lmaydi! Eng kulguli jihati, naqoratdan tashqari joylarida Rashid Holiqov rep kuylagan! Endi, bu yoshda rep yarashmasa kerak. Boshqacha yangilik qilsa bo`ladi. Aynan rep sifat qo`shiq aytmasa ham bo`lardi. Yana kim bilsin. Hammaning o`z didi bor. Kimgadir bu qo`shiq yoqqandur. Ammo bizga umuman yoqmadi, to`g`risini aytish kerak! Saviyali, ko`p yashaydigan qo`shiq aytish kerak. Xonandalarimizga she'r tanlash borasida Ozodbek Nazarbekovdan o`rnak olishlarini tilardim! U professional shoirlar bilan ishlagani uchun ham deyarli har 1 qo`shig`i xit bo`layapti... Hammaga omad!