3-4 ta qizil sabzini maxsus qirg`ichdan o`tkazasiz yoki o`zingiz ingichka somon shaklida to`g`raysiz. So`ng 2-3 ta sarimsoqning bo`lagini archib mayda qilib to`g`raysiz.
Haligi to`g`ralgan yoki qir`gichdan chiqarilgan sabziga maydalangan sarimsoqni, kashnich urug`i, qora yumaloq muruch, 2 choy qoshiq shakar, 1 choy qoshiq yoki ta`bga qarab tuz, 2 osh qoshiqda olma sirkasi va 4-5 osh qoshiqda o`simlik yog`i solib aralashtirasiz va salqin joyga 1 kun muddatga olib qo`yasiz. Yoqimli ishtaha!
|