«Chelsi» hujumchisi Dide Drogba xayriya ishlari bilan ham faol qatnashadi. U 2,5 million funt sterling evaziga Abidjan (Kot-d~Ivuar poytaxti) shahrida pediatriya gospitali qurilishi uchun sarfladi. Bu bilan futbolchi to'xtab qolmoqchi emas. «Abidjandan ikki mil uzoqdagi qishloqda yashaganman. Ilgari shu yerga gospital qurishni orzu qilardim. Bu yerda yashaydigan aholi ancha qashshoq. Men harobalarda katta bo'lganman. O'shanda menga rahmdillik qilganlarga rahmat aytmoqchiman.bag'al bo'lishiga qaramay har bir inson hayotda nimagadir erishsa bo'lishini isbotladim. G'ozircha bu yerda kasalxona qurish qiyin masala. Lekin orzuimni amalga oshirish uchun qo'limdan kelganini qilaman»,-dedi Drogba «San» nashriga bergan intervyusida.
|