Masalliqlar: Selyodka balig`i 300 gr Lavlagi 100 gr Sabzi 100 gr Piyoz 100 gr Tuxum 4 dona Mayonez 100 gr
Qaynatilgan sabzi va lavlagini katta tishli qirg`ichdan o`tkazasiz. So`ng mayonez bilan aralashtirasiz. Piyozni mayda to`g`rab, qaynoq suvga solib qo`yasiz. Qaynatilgan tuxumning sarig`i oqidan ajratilib, to`rtburchak shaklida to`g`raladi. Selyodkani tozalab suyaklaridan ajrating. Baliq sho`r bo`lsa, damlangan choyga botirib qo`yiladi. Salat idishga avval piyoz, ustidan baliq bo`laklari, keyin mayonez aralashtirilgan sabzi va lavlagini tekis qilib taxlanadi. Eng yuqorisiga tuxumning oqi va sarig`ini sepasiz. Ta`bga ko`ra sarimsoq ham qo`shish mumkin. Tayyor salat ko`katlar bilan dasturxonga tortiladi. Yoqimli ishtaxa.