Arktika, Grenlandiya va Antarktidadagi muzlarning jadal sur'atda eriyotgani sababli dunyo okeanining sathi borgan sari ko'tarilyapti. Davlatlararo iqlim o'zgarishini o'rganuvchi guruh ma'lumotlariga ko'ra, kelasi yuz yil ichida okean sathi 20 dan 90 santimetrgacha ko'tarilishi kutilmoqda.
Shu sababli, Golandiya, Misr, Vetnam, Bangladesh, Gayana va Maldiv orollarining unumdor yerlarini sho'r qoplab ketadi. Tabiatning real tahdidini inobatga olgan holda belgiyalik arxitektor Vinsent Kalleboning studiyasi dizaynerlari "Lilypad” nomli suvda suzib yuruvchi tuproqli shahar loyihasini ishlab chiqishdi. Shahar 50 ming nafar aholini o'z bag'riga sig'dira oladi. Shaharning o'z suv, energiya tizimi mavjud bo'ladi. Maxsus o'ralar yomg'ir suvini yig'ib, ichimlik suviga aylantirib beradi. Energiya manbai sifatida esa shamol, quyosh va to'lqinlardan foydalaniladi. "Lilypad” shahrini bunyod etish ishlari 2100 yilda yakunlanishi rejalashtirilgan.